ISHLASHNING YANGI RITMI

Gapiring.
Joshqin bajaradi.

Kompyuteringizdagi ishlarni ovoz bilan boshqaring. Vazifalaringizni eslab qoladigan, siz bilan birga ishlaydigan AI yordamchi.

macOS va Windows uchunO‘z tilingizda. O‘z uslubingizda.

Avval sinab ko‘ring. Kompyuterda davom eting.

Joshqin / Shaxsiy makonINTERAKTIV NAMUNA

Xayrli tong, Sardor.

Bugun muhim ishlarga joy bor.

BUGUNGI REJA01

Jamoa bilan uchrashuv

Qolganini Joshqinga topshiring.

Bir og‘iz gap bilan.

“Azizga ertaga soat 10 gacha hisobot tayyorlash vazifasini qo‘y.”

  1. 1Buyruq
  2. 2Tasdiq
  3. 3Natija

Bu jonli mahsulot emas, interaktiv namuna. Mikrofon ishlatilmaydi.

ISH KUNINGIZ BILAN BIRGA

Tanish ilovalar. Yangi imkoniyatlar.

Telegram
Gmail
Google Sheets
Google Calendar
Har bir ulanishni o‘zingiz tanlaysiz. Ulanishlar qanday ishlaydi?
  • Telegram: o‘z hisobingizdagi suhbatlarni o‘qish; yuborish faqat tasdiq bilan.
  • Gmail: qidirish, o‘qish va qoralama tayyorlash. Xatni o‘zingiz yuborasiz.
  • Google Sheets va Calendar: tahlil va rejalash uchun faqat o‘qish.

KUNDALIK ISHLAR, YENGILROQ

Bir gapdan boshlanadi.

Mayda ishlarni Joshqinga topshiring. Diqqatingizni o‘zingiz uchun muhimiga qarating.

Ayting. Rejaga aylansin.

Vazifa, mas’ul odam va muddat. Joshqin hammasini bir joyga yig‘adi.

01IMKONIYAT NAMUNASI

Hujjatlar gapirsin.

Uzun hujjat ichidan kerakli javobni toping. Qisqa xulosa bilan davom eting.

02IMKONIYAT NAMUNASI

Kecha aytgandingiz. Bugun esida.

Loyihalar, odamlar va kelishuvlar bir-biriga ulanadi. Har safar hammasini boshidan tushuntirishga hojat qolmaydi.

03IMKONIYAT NAMUNASI

Kunni tayyor boshlang.

Uchrashuvlar, yaqin muddatlar va yangiliklar. Ertalab bitta qisqa brif.

04IMKONIYAT NAMUNASI

XOTIRJAM ISHLANG

Yordam Joshqindan. Nazorat sizdan.

Har bir muhim qadam tushunarli. Qaror doim sizda.

Maxfiylik haqida

Avval ko‘rasiz. Keyin tasdiqlaysiz.

Joshqin tashqariga yuboriladigan amalni ko‘rsatadi va tasdiqingizni kutadi.

Ortga qaytish yo‘li bor.

Qo‘llab-quvvatlanadigan fayl va sozlama o‘zgarishlarini qaytarib olishingiz mumkin.

Xotira o‘z kompyuteringizda.

Vazifalar va kompaniya xotirasi qurilmangizda saqlanadi. Tashqi AI tanlansa, so‘rov uchun zarur ma’lumot o‘sha xizmatga yuboriladi.

Texnik tafsilotlar

Tasdiq aniq bir amalga bog‘lanadi. Natija tekshiriladi va amallar jurnalga yoziladi. Kalitlar operatsion tizimning himoyalangan omborida saqlanadi.

KEYINGI QADAM

Birinchi suhbatdan boshlanadi.

Joshqin bilan ishlashni birinchilardan bo‘lib boshlang. Erta kirish ro‘yxatiga qo‘shiling.

Ro‘yxatga yozilish bepul. To‘lov ma’lumotlari kerak emas.

macOS va Windows uchun. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.

Obuna haqida

Tariflar hali e’lon qilinmagan. Ilovadan foydalanish uchun shaxsiy AI model kaliti kerak; model xizmatining to‘lovi alohida.

ANIQLIK KIRITAMIZ

Yaxshi savollar.

01Joshqin telefonda ham ishlaydimi?

Joshqin macOS va Windows kompyuterlari uchun yaratilmoqda. Telefonda ushbu sahifadagi namunani sinashingiz va havolani kompyuteringizda ochish uchun nusxalashingiz mumkin.

02Boshlash uchun nima kerak?

Mos kompyuter va shaxsiy AI model kaliti kerak. Telegram, Gmail va boshqa ulanishlar ixtiyoriy. Ular bo‘lmasa ham asosiy yordamchi bilan ishlash mumkin.

03Saytdagi demo mikrofonimni yoqadimi?

Yo‘q. Bu tayyor misollar bilan ishlaydigan interaktiv namuna. Ovoz yozilmaydi, hisoblaringizga ulanmaydi va haqiqiy vazifa yoki xabar yubormaydi.

04Faqat ovoz bilan ishlaydimi?

Yozib ham buyruq berishingiz mumkin. Ilovada ovozli buyruq uchun tugmani bosib turish rejimi ham bor — shu rejimda qolgan vaqtda mikrofon yopiq.

05Joshqin qancha turadi?

Obuna narxlari yakunlanmoqda. Erta kirish ro‘yxatiga yozilish bepul. Shaxsiy model kaliti bilan ishlatiladigan AI xizmatlari o‘z tariflari bo‘yicha alohida hisoblanadi.

JOSHQIN DESKTOP

Ish kuningizga bir oz yengillik.

Siz chaqirasiz. Joshqin shu yerda.

Erta kirishga yozilish